Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/begin-chiziqli-tenglama

Begin-36

Chiziqli tenglama

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 37%

Butun sonlar $a$ va $b$ berilgan, $a \ne 0$. Tenglamaning ildizi $x$ ni toping:

$$a * x + b = 0, \qquad x = -\frac{b}{a}$$

To'g'ri chiziq grafigi x o'qini kesib o'tgan nuqta — tenglamaning ildizi x

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita butun son: $a$ va $b$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — $x$, nuqtadan keyin aynan 2 ta raqam bilan (masalan, 3.00). Yaxlitlangan natija nol bo'lsa (masalan, $-0.001$), u 0.00 ko'rinishida chiqariladi (-0.00 emas).

Izoh

$-1000 \le a, b \le 1000$
$a \ne 0$

Misollar

Kirish #1
2 -6
Chiqish #1
3.00
Kirish #2
3 1
Chiqish #2
-0.33

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.