Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/begin-ichki-va-tashqi-aylana

Begin-34

Ichki va tashqi aylanalar

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 36%

Uchburchakning tomonlari $a$, $b$ va $c$ berilgan. Uchburchakka ichki chizilgan aylananing radiusi $r$ va tashqi chizilgan aylananing radiusi $R$ ni toping; $p$ — yarim perimetr, $S$ — yuz:

$$p = \frac{a + b + c}{2}, \qquad S = \sqrt{p * (p - a) * (p - b) * (p - c)}, \qquad r = \frac{S}{p}, \qquad R = \frac{a * b * c}{4 * S}$$

Uchburchak (tomonlari a, b, c), unga ichki chizilgan aylana (radiusi r) va tashqi chizilgan aylana (radiusi R)

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda uchta natural son: $a$, $b$ va $c$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita son: $r$ va $R$, har biri nuqtadan keyin aynan 3 ta raqam bilan (masalan, 1.000).

Izoh

$1 \le a, b, c \le 1000$
Bunday uchburchak mavjud: istalgan ikki tomon yig'indisi uchinchisidan katta.

Misollar

Kirish #1
3 4 5
Chiqish #1
1.000 2.500
Kirish #2
2 2 2
Chiqish #2
0.577 1.155

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.