Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/begin-parallelepiped

Begin-10

To'g'ri burchakli parallelepiped

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 8%

To'g'ri burchakli parallelepipedning uzunligi $a$, eni $b$ va balandligi $c$ berilgan. Uning hajmi $V$ va to'la sirti $S$ ni toping:

$$V = a * b * c, \qquad S = 2 * (a * b + b * c + a * c)$$

To'g'ri burchakli parallelepiped: uzunligi a, eni b, balandligi c

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda uchta natural son: $a$, $b$ va $c$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita butun son: $V$ va $S$.

Izoh

$1 \le a, b, c \le 10^{5}$

Misollar

Kirish #1
2 3 4
Chiqish #1
24 52
Kirish #2
1 1 1
Chiqish #2
1 6

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.