Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/progressiya-yigindisi

Begin-12

Progressiya yig'indisi

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 9%

Arifmetik progressiyaning birinchi hadi $a$, ayirmasi $d$ va hadlar soni $n$ berilgan. Progressiya hadlari: $a, \; a + d, \; a + 2 * d, \; \ldots$ Dastlabki $n$ ta had yig'indisi $S$ ni toping.

Arifmetik progressiyaning n ta hadi ustunchalar ko'rinishida: birinchisi a, har biri oldingisidan d ga katta

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda uchta butun son: $a$, $d$ va $n$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — $S$.

Izoh

$-10^{6} \le a, d \le 10^{6}$
$1 \le n \le 10^{6}$

Misollar

Kirish #1
1 1 5
Chiqish #1
15
Kirish #2
10 -3 4
Chiqish #2
22

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.