~/algor $ cat masalalar/bir-xil-rangli-kataklar
Bir xil rangli kataklar
Mavzular:
Boolean
Shaxmat taxtasining ikkita katagi (x₁; y₁) va (x₂; y₂) berilgan: x — ustun raqami, y — qator raqami (1 dan 8 gacha). «Bu kataklar bir xil rangda» degan mulohaza rostmi? (1; 1) katak qora. Rost bo'lsa 1, aks holda 0 chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda to'rtta son: x₁, y₁, x₂, y₂ — kataklarning ustun va qator raqamlari.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son: 1 (rost) yoki 0 (yolg'on).
Izoh
1 ≤ x₁, y₁, x₂, y₂ ≤ 8
Misollar
Kirish #1
1 1 2 2
Chiqish #1
1
Kirish #2
1 1 1 2
Chiqish #2
0