Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/boolean-haqiqiy-ildiz-bormi

Boolean-26

Haqiqiy ildiz bormi?

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 20%

Kvadrat tenglamaning koeffitsiyentlari $a$, $b$ va $c$ berilgan:

$$a * x^{2} + b * x + c = 0$$

Quyidagi tasdiqni tekshiring: «Tenglama kamida bitta haqiqiy ildizga ega».

Kvadrat parabola va uning x o'qi bilan kesishishi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda uchta butun son: $a$, $b$ va $c$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son: agar tasdiq rost bo'lsa $1$, aks holda $0$.

Izoh

$-1000 \le a, b, c \le 1000$
$a \ne 0$

Misollar

Kirish #1
1 -3 2
Chiqish #1
1
Kirish #2
1 1 1
Chiqish #2
0

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.