Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/boolean-sana-mavjudmi

Boolean-40

Sana mavjudmi?

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 43%

Sana uchta son bilan berilgan: kun $d$, oy $m$ va yil $y$. Quyidagi tasdiqni tekshiring: «Bunday sana kalendarda mavjud». $1$, $3$, $5$, $7$, $8$, $10$, $12$-oylarda $31$ kun, $4$, $6$, $9$, $11$-oylarda $30$ kun bor. Fevral ($2$-oy) kabisa yilida $29$ kun, boshqa yillarda $28$ kun. Yil $4$ ga bo'linib, $100$ ga bo'linmasa yoki $400$ ga bo'linsa, kabisa yili hisoblanadi.

Kalendar sanasi kun, oy va yil

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda uchta natural son: $d$, $m$ va $y$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son: agar tasdiq rost bo'lsa $1$, aks holda $0$.

Izoh

$1 \le d \le 31$
$1 \le m \le 12$
$1 \le y \le 9999$

Misollar

Kirish #1
29 2 2024
Chiqish #1
1
Kirish #2
31 4 2023
Chiqish #2
0

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.