Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/case-avtomobil-raqami-hududi

Case-04

Avtomobil raqami hududi

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 18%

Avtomobil davlat raqamining boshidagi ikki xonali kod hududni bildiradi. Bu masalada kodlar quyidagicha taqsimlangan:

Kod Hudud
01–09 Toshkent shahri
10–19 Toshkent viloyati
20–24 Sirdaryo
25–29 Jizzax
30–39 Samarqand
40–49 Farg'ona
50–59 Namangan
60–69 Andijon
70–74 Qashqadaryo
75–79 Surxondaryo
80–84 Buxoro
85–89 Navoiy
90–94 Xorazm
95–99 Qoraqalpog'iston

Kod $k$ berilgan. Hudud nomini jadvaldagidek chiqaring.

Avtomobil davlat raqami va uning boshidagi hudud kodi chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta butun son $k$ — kod, oldidagi nolsiz ($01$ kodi $1$ deb beriladi).

Chiquvchi ma'lumotlar

Hudud nomi, jadvaldagidek (masalan, Toshkent shahri).

Izoh

$1 \le k \le 99$

Misollar

Kirish #1
30
Chiqish #1
Samarqand
Kirish #2
1
Chiqish #2
Toshkent shahri

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.