~/algor $ cat masalalar/case-ikki-amalli-ifoda
Case-29
Ikki amalli ifoda
O'rtacha
1000 ms
64 MB
42%
Ifoda $a \ o_{1} \ b \ o_{2} \ c$ ko'rinishida berilgan, bunda $o_{1}$ va $o_{2}$ — +, - yoki * amallari. Ifodaning qiymatini matematika qoidasi bo'yicha hisoblang: ko'paytirish qo'shish va ayirishdan oldin bajariladi, bir xil darajadagi amallar chapdan o'ngga bajariladi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan beshta element: butun son $a$, amal belgisi $o_{1}$, butun son $b$, amal belgisi $o_{2}$, butun son $c$. Manfiy son oldidagi minus bo'sh joysiz yoziladi (masalan, -5 * -6 - 7).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta butun son — ifodaning qiymati.
Izoh
$-1000 \le a, b, c \le 1000$
$o_{1}$, $o_{2}$ — +, - yoki *
Misollar
Kirish #1
2 + 3 * 4
Chiqish #1
14
Kirish #2
10 - 4 - 3
Chiqish #2
3