~/algor $ cat masalalar/case-tosh-qaychi-qogoz
Case-12
Tosh, qaychi, qog'oz
Oson
1000 ms
64 MB
21%
Tosh, qaychi, qog'oz o'yinida ikkita o'yinchi harakati berilgan (t — tosh, q — qaychi, g — qog'oz). Qoidalar: tosh qaychini uradi, qaychi qog'ozni qirqadi, qog'oz toshni o'raydi. O'yin natijasini aniqlang: birinchi o'yinchi yutsa $1$, ikkinchi o'yinchi yutsa $2$, durang bo'lsa $0$ chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikkita belgi: birinchi va ikkinchi o'yinchi tanlovi.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta butun son: $1$, $2$ yoki $0$.
Izoh
Belgilar faqat t, q yoki g bo'ladi.
Misollar
Kirish #1
t q
Chiqish #1
1
Kirish #2
g q
Chiqish #2
2