~/algor $ cat masalalar/valyuta-konvertori
Case-09
Valyuta konvertori
Oson
1000 ms
64 MB
20%
Valyuta kodi $C$ va so'mdagi summa $S$ berilgan. Valyutalar: $1$ — AQSH dollari (USD), $2$ — yevro (EUR), $3$ — Rossiya rubli (RUB), $4$ — Qozog'iston tengesi (KZT). Kurslar: $1$ USD = $12800$ so'm, $1$ EUR = $13900$ so'm, $1$ RUB = $135$ so'm, $1$ KZT = $26$ so'm. Summani shu valyutaga o'girib toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikkita butun son: $C$ va $S$.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta butun son — tanlangan valyutadagi summa.
Izoh
$1 \le C \le 4$
$1 \le S \le 10^{9}$
$S$ tanlangan valyuta kursiga qoldiqsiz bo'linadi.
Misollar
Kirish #1
1 128000
Chiqish #1
10
Kirish #2
3 13500
Chiqish #2
100