Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/case-yetti-segment

Case-06

Yetti segmentli raqam

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 19%

Elektron soatlarda har bir raqam yettita yoritiladigan chiziq — segment bilan ko'rsatiladi. Rasmda $0$ dan $9$ gacha raqamlarning har birida qaysi segmentlar yonishi ko'rsatilgan (yonadigani ko'k). Raqam $d$ berilgan. Uni ko'rsatish uchun nechta segment yonishini toping.

Yetti segmentli indikatorda 0 dan 9 gacha raqamlar: yonadigan segmentlar ko'k, o'chiqlari xira

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta butun son $d$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — yonadigan segmentlar soni.

Izoh

$0 \le d \le 9$

Misollar

Kirish #1
8
Chiqish #1
7
Kirish #2
1
Chiqish #2
2

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.