~/algor $ cat masalalar/chorak-raqami
Chorak raqami
Mavzular:
If
Tekislikdagi (x; y) nuqta berilgan, u koordinata o'qlarida yotmaydi. Nuqta joylashgan koordinata choragining raqamini (1 dan 4 gacha) chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikkita noldan farqli butun son: x va y.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son: 1, 2, 3 yoki 4.
Izoh
−10⁹ ≤ x, y ≤ 10⁹, x ≠ 0, y ≠ 0
Misollar
Kirish #1
1 1
Chiqish #1
1
Kirish #2
-1 1
Chiqish #2
2