Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/dp-eng-uzun-osuvchi-qism-ketma-ketlik

DP-04

Eng uzun o'suvchi qism ketma-ketlik

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Qiyin 1000 ms 128 MB 67%

Natural son $n$ va $n$ ta butun son $a_{1}, a_{2}, \dots, a_{n}$ berilgan. Ulardan bir nechtasini tartibini o'zgartirmasdan (yonma-yon bo'lishi shart emas) shunday tanlangki, tanlanganlar qat'iy o'suvchi bo'lsin. Eng ko'pi bilan nechta son tanlash mumkinligini aniqlang.

Massivdan tanlangan eng uzun qat'iy o'suvchi qism ketma-ketlik chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda natural son $n$. Ikkinchi qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta butun son $a_{i}$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — eng uzun qat'iy o'suvchi qism ketma-ketlik uzunligi.

Izoh

$1 \le n \le 2 * 10^{5}$
$-10^{9} \le a_{i} \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
8
10 9 2 5 3 7 101 18
Chiqish #1
4
Kirish #2
4
4 4 4 4
Chiqish #2
1

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.