Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/ekub-va-ekuk

EKUB va EKUK

I Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 15%
Mavzular: Sonlar nazariyasi

q ta so'rov berilgan, har birida ikkita natural son a va b. Har bir so'rov uchun ularning eng katta umumiy bo'luvchisi (EKUB) va eng kichik umumiy karralisini (EKUK) toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda q. Keyingi q ta qatorning har birida ikkita son a va b.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har bir so'rov uchun alohida qatorda ikkita son: EKUB va EKUK.

Izoh

1 ≤ q ≤ 10⁵
1 ≤ a, b ≤ 10⁹

Misollar

Kirish #1
3
12 18
7 5
10 10
Chiqish #1
6 36
1 35
10 10
Kirish #2
1
1000000000 999999999
Chiqish #2
1 999999999000000000

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.