Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/eng-qisqa-yol

Eng qisqa yo'l

I Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 2000 ms 128 MB 45%
Mavzular: Graf va daraxtlar

Shaharda n ta chorraha va m ta ikki tomonlama ko'cha bor. Har bir ko'cha ikkita chorrahani tutashtiradi va uni bosib o'tish 1 daqiqa vaqt oladi.

1-chorrahadan n-chorrahaga eng kamida necha daqiqada yetib borish mumkin? Yetib borishning iloji bo'lmasa, −1 chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m. Keyingi m ta qatorning har birida ikkita son u va v — ko'cha tutashtirgan chorrahalar.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — eng qisqa yo'l uzunligi yoki −1.

Izoh

2 ≤ n ≤ 10⁵
0 ≤ m ≤ 2·10⁵
1 ≤ u, v ≤ n

Misollar

Kirish #1
4 4
1 2
2 3
3 4
1 3
Chiqish #1
2
Kirish #2
3 1
1 2
Chiqish #2
-1

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.