Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/eng-uzun-qism

Eng uzun qism

I Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 2000 ms 128 MB 35%
Mavzular: Ikki ko'rsatkich

n ta musbat butun sondan iborat massiv va S soni berilgan. Massivning yig'indisi S dan oshmaydigan eng uzun uzluksiz qismi (ketma-ket elementlari) uzunligini toping.

Bunday qism yo'q bo'lsa (har bir element S dan katta bo'lsa), 0 chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va S. Ikkinchi qatorda n ta musbat butun son.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — eng uzun qism uzunligi.

Izoh

1 ≤ n ≤ 2·10⁵
1 ≤ aᵢ ≤ 10⁹
1 ≤ S ≤ 10¹⁵

Misollar

Kirish #1
5 7
2 1 3 4 1
Chiqish #1
3
Kirish #2
3 1
5 6 7
Chiqish #2
0

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.