Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/a-dan-b-gacha-kopaytma

For-18

A dan B gacha ko'paytma

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 26%

Ikkita butun son $A$ va $B$ berilgan ($A \lt B$). $A$ dan $B$ gacha bo'lgan barcha butun sonlarning ko'paytmasini hisoblang:

$$P = A * (A + 1) * \dots * B$$

Oraliqdagi butun sonlar ko'paytmasi chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita butun son: $A$ va $B$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — ko'paytma.

Izoh

$1 \le A \lt B \le 10$

Misollar

Kirish #1
1 5
Chiqish #1
120
Kirish #2
2 6
Chiqish #2
720

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.