Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/a-dan-b-gacha-sonlar

For-02

A dan B gacha sonlar

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 20%

Ikkita butun son $A$ va $B$ berilgan ($A \lt B$). $A$ dan $B$ gacha bo'lgan barcha butun sonlarni ($A$ va $B$ ham kiradi) o'sish tartibida hamda ularning umumiy sonini chiqaring.

Oraliqdagi barcha butun sonlar ketma-ketligi chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita butun son: $A$ va $B$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda sonlar o'sish tartibida, ikkinchi qatorda esa ularning umumiy soni.

Izoh

$-10^{4} \le A \lt B \le 10^{4}$
$B - A \le 1000$

Misollar

Kirish #1
1 5
Chiqish #1
1 2 3 4 5
5
Kirish #2
3 8
Chiqish #2
3 4 5 6 7 8
6

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.