Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/darajalar-ketma-ketligi

For-21

Darajalar ketma-ketligi

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 27%

Haqiqiy son $a$ va natural son $N$ berilgan. $a$ sonining $1$ dan $N$ gacha bo'lgan barcha darajalarini hisoblang:

$$a^{1}, a^{2}, a^{3}, \dots, a^{N}$$

Ketma-ket darajalar zanjiri chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda haqiqiy son $a$ va natural son $N$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $N$ ta son, har biri nuqtadan keyin aynan 2 ta raqam bilan (masalan, 2.00 4.00 8.00 16.00).

Izoh

$0 \lt a \le 10$
$a$ — nuqtadan keyin ko'pi bilan $1$ ta raqamli son
$1 \le N \le 10$

Misollar

Kirish #1
2 4
Chiqish #1
2.00 4.00 8.00 16.00
Kirish #2
3 3
Chiqish #2
3.00 9.00 27.00

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.