Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/for-fibonachchi-sonlari

For-30

Fibonachchi sonlari

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 44%

Natural son $n$ berilgan. Fibonachchi ketma-ketligining dastlabki $n$ ta hadini chiqaring: $F_{1}, F_{2}, \dots, F_{n}$.

$$F_{1} = 1, \qquad F_{2} = 1, \qquad F_{k} = F_{k-1} + F_{k-2} \ (k \ge 3)$$

Fibonachchi sonlari ketma-ketligi chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta natural son $n$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta Fibonachchi soni.

Izoh

$1 \le n \le 90$

Misollar

Kirish #1
5
Chiqish #1
1 1 2 3 5
Kirish #2
10
Chiqish #2
1 1 2 3 5 8 13 21 34 55

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.