~/algor $ cat masalalar/funksiya-dost-sonlar
Do'st sonlar
AreAmicable(a, b) funksiyasini yozing: natural sonlar $a$ va $b$ do'st sonlar bo'lsa true, aks holda false qaytarsin. Ikki har xil son do'st deyiladi, agar ularning har biri uchun o'zidan kichik natural bo'luvchilarining yig'indisi ikkinchi songa teng bo'lsa.
1-misol: AreAmicable(220, 284) → true — $220$ ning bo'luvchilari: $1 + 2 + 4 + 5 + 10 + 11 + 20 + 22 + 44 + 55 + 110 = 284$, $284$ niki: $1 + 2 + 4 + 71 + 142 = 220$.
2-misol: AreAmicable(10, 8) → false — $10$ ning bo'luvchilari: $1 + 2 + 5 = 8$, lekin $8$ niki: $1 + 2 + 4 = 7$.
Faqat funksiya tanasini yozing.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikkita natural son: $a$ va $b$ — funksiyaning argumentlari.
Chiquvchi ma'lumotlar
Funksiya qaytargan qiymat: true yoki false.
Izoh
$1 \le a, b \le 10^{6}$
Misollar
220 284
true
10 8
false