Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/funksiya-goldbax

Funksiya-35

Goldbax gipotezasi

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 61%

Goldbach(n) funksiyasini yozing: juft natural son $n$ ni ikkita tub son yig'indisi $n = p + q$ ko'rinishida yozish mumkin; shunday tub sonlardan eng kichik $p$ ni qaytarsin.

1-misol: Goldbach(28) → 5 — $28 = 5 + 23$; $28 = 11 + 17$ ham bor, lekin $5$ kichikroq.

2-misol: Goldbach(4) → 2 — $4 = 2 + 2$.

Faqat funksiya tanasini yozing.

Juft son Goldbach funksiyasiga kiradi, funksiya uni ikki tub son yig'indisiga ajratganda kichik qo'shiluvchini qaytaradi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda natural son $n$ — funksiyaning argumenti.

Chiquvchi ma'lumotlar

Funksiya qaytargan qiymat: butun son.

Izoh

$4 \le n \le 10^{7}$
$n$ — juft

Misollar

Kirish #1
28
Chiqish #1
5
Kirish #2
4
Chiqish #2
2

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.