Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/funksiya-kasrlar-yigindisi

Funksiya-50

Ikki kasr yig'indisi

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 128 MB 33%

AddFractions(a, b, c, d) funksiyasini yozing: $\frac{a}{b}$ va $\frac{c}{d}$ kasrlarning yig'indisini qisqargan kasr qilib, "surat/maxraj" ko'rinishidagi satr qaytarsin.

$$\frac{a}{b} + \frac{c}{d} = \frac{a * d + c * b}{b * d}$$

1-misol: AddFractions(1, 2, 1, 3) → "5/6"

2-misol: AddFractions(1, 4, 3, 4) → "1/1" — $\frac{1}{4} + \frac{3}{4} = 1$, butun son ham kasr ko'rinishida yoziladi.

Faqat funksiya tanasini yozing.

Ikki kasr qo'shiladi va qisqartiriladi, funksiya natijani qaytaradi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda to'rtta natural son: $a$, $b$, $c$ va $d$ — funksiyaning argumentlari.

Chiquvchi ma'lumotlar

Funksiya qaytargan satr: qisqargan kasr, masalan 5/6.

Izoh

$1 \le a, b, c, d \le 10^{6}$

Misollar

Kirish #1
1 2 1 3
Chiqish #1
5/6
Kirish #2
1 4 3 4
Chiqish #2
1/1

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.