Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/funksiya-mukammal-sonlar

Funksiya-28

Mukammal sonmi

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 2000 ms 128 MB 28%

IsPerfect(x) funksiyasini yozing: natural son $x$ mukammal bo'lsa true, aks holda false qaytarsin. Mukammal son — o'zidan kichik natural bo'luvchilarining yig'indisiga teng son.

1-misol: IsPerfect(28) → true — $1 + 2 + 4 + 7 + 14 = 28$.

2-misol: IsPerfect(12) → false — $1 + 2 + 3 + 4 + 6 = 16$.

Faqat funksiya tanasini yozing.

Son IsPerfect funksiyasiga kiradi, funksiya son mukammal bo'lsa true qaytaradi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda natural son $x$ — funksiyaning argumenti.

Chiquvchi ma'lumotlar

Funksiya qaytargan qiymat: true yoki false.

Izoh

$1 \le x \le 10^{4}$

Misollar

Kirish #1
28
Chiqish #1
true
Kirish #2
12
Chiqish #2
false

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.