~/algor $ cat masalalar/funksiya-yoshni-hisoblash
Yoshni hisoblash
Age(d1, m1, y1, d2, m2, y2) funksiyasini yozing: $d_{1}.m_{1}.y_{1}$ sanada tug'ilgan odamning $d_{2}.m_{2}.y_{2}$ sanadagi yoshini — o'tgan to'liq yillar sonini qaytarsin. $29$-fevralda tug'ilgan odamning kabisa bo'lmagan yildagi tug'ilgan kuni $1$-mart hisoblanadi.
1-misol: Age(15, 3, 2000, 20, 6, 2024) → 24
2-misol: Age(20, 9, 1995, 19, 9, 2024) → 28 — $2024$-yilgi tug'ilgan kun ($20$-sentabr) hali kelmagan.
Faqat funksiya tanasini yozing.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda oltita natural son: $d_{1}$, $m_{1}$, $y_{1}$ (tug'ilgan sana: kun, oy, yil) va $d_{2}$, $m_{2}$, $y_{2}$ (bugungi sana) — funksiyaning argumentlari.
Chiquvchi ma'lumotlar
Funksiya qaytargan qiymat: butun son.
Izoh
$1 \le d_{1}, d_{2} \le 31$
$1 \le m_{1}, m_{2} \le 12$
$1900 \le y_{1}, y_{2} \le 2100$
Sanalar to'g'ri, $d_{2}.m_{2}.y_{2}$ sana $d_{1}.m_{1}.y_{1}$ sanadan oldin emas.
Misollar
15 3 2000 20 6 2024
24
20 9 1995 19 9 2024
28