Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/kesmalar-kesishuvi

Geometriya-03

Ikki kesma kesishuvi

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 45%

Tekislikda ikkita kesma berilgan: birinchisining uchlari $A(x_{1}; y_{1})$ va $B(x_{2}; y_{2})$, ikkinchisining uchlari $C(x_{3}; y_{3})$ va $D(x_{4}; y_{4})$. $AB$ va $CD$ kesmalar kamida bitta umumiy nuqtaga ega bo'lsa (kesishsa yoki tegib tursa) HA, aks holda YOQ chiqaring.

Koordinata tekisligida ikkita kesma va ularning umumiy nuqtasi chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda sakkizta butun son: $x_{1}$, $y_{1}$, $x_{2}$, $y_{2}$, $x_{3}$, $y_{3}$, $x_{4}$ va $y_{4}$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda mos satr: HA yoki YOQ.

Izoh

$-10^{9} \le x_{i}, y_{i} \le 10^{9}$
Har bir kesmaning uchlari ustma-ust tushmaydi.

Misollar

Kirish #1
0 0 4 4 0 4 4 0
Chiqish #1
HA
Kirish #2
0 0 2 2 3 3 5 5
Chiqish #2
YOQ

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.