Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/qavariq-qobiq-perimetri

Geometriya-05

Qavariq qobiq perimetri

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 66%

Tekislikda $n$ ta nuqta $(x_{1}; y_{1}), (x_{2}; y_{2}), \ldots, (x_{n}; y_{n})$ berilgan. Barcha nuqtalarni o'z ichiga oluvchi eng kichik qavariq ko'pburchak (qavariq qobiq) perimetrini toping. Barcha nuqtalar bitta to'g'ri chiziqda yotsa, perimetr eng chekka ikki nuqta orasidagi masofaning ikki barobariga teng deb olinadi.

Koordinata tekisligida nuqtalar va ularni o'rab turgan qavariq ko'pburchak chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda natural son $n$. Keyingi $n$ ta qatorning har birida ikkita butun son: $x_{i}$ va $y_{i}$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — qavariq qobiq perimetri, nuqtadan keyin aynan $2$ ta raqam bilan (masalan, 16.00).

Izoh

$1 \le n \le 10^{5}$
$-10^{9} \le x_{i}, y_{i} \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
5
0 0
4 0
4 4
0 4
2 2
Chiqish #1
16.00
Kirish #2
3
0 0
3 0
0 4
Chiqish #2
12.00

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.