Asosiy qismga ötiş
Seşanba (24.11.2026) soat 20:00 da: ALGOR Musobaqasi: Round #4 (Special Challenge) boşlanadi!

~/algor $ cat problems/graf-daraxtmi

Graf daraxtmi?

Oson 1000 ms 128 MB 30%
Ulaşiş

$n$ ta çöqqi va $m$ ta qirradan iborat yönaltirilmagan graf berilgan. Çöqqilar $1$ dan $n$ gaça raqamlangan. Graf daraxt bölsa — ya'ni boğliq bölsa va unda tsikl bölmasa — YES, aks holda NO çiqaring.

Ikki graf: biri tsiklsiz va boğliq, ikkinçisida tsikl bor

Kiruvçi ma'lumotlar

Birinçi qatorda ikkita butun son: $n$ va $m$. Keyingi $m$ ta qatorning har birida ikkita natural son: $u$ va $v$ — qirra tutaştirgan çöqqilar.

Çiquvçi ma'lumotlar

YES yoki NO.

Izoh

$1 \le n \le 10^{5}$
$0 \le m \le 2 * 10^{5}$
$1 \le u, v \le n$
Grafda karrali qirralar va halqalar bölişi mumkin.

Misollar

Kiriş #1
4 3
1 2
2 3
2 4
Çiqiş #1
YES
Kiriş #2
4 3
1 2
2 3
3 1
Çiqiş #2
NO

Yeçim yuboriş uçun tizimga kiring

Röyxatdan ötiş bepul va bir daqiqa oladi.