Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/guruhlashlar-soni

Guruhlashlar soni

I Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Qiyin 2000 ms 128 MB 60%
Mavzular: Kombinatorika

Sinfda n ta o'quvchi bor. Ulardan k tasini olimpiadaga necha xil usulda tanlash mumkin? Tanlash tartibi ahamiyatsiz, ya'ni javob — C(n, k) guruhlashlar soni.

q ta so'rovga javob bering. Javoblar juda katta bo'lishi mumkin, shuning uchun 10⁹ + 7 ga bo'lgandagi qoldiqni chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda q. Keyingi q ta qatorning har birida ikkita son n va k.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har bir so'rov uchun alohida qatorda C(n, k) mod (10⁹ + 7).

Izoh

1 ≤ q ≤ 10⁵
0 ≤ k ≤ n ≤ 10⁶

Misollar

Kirish #1
3
5 2
4 0
10 10
Chiqish #1
10
1
1
Kirish #2
1
1000000 500000
Chiqish #2
996692777

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.