Asosiy qismga ötiş
Seşanba (24.11.2026) soat 20:00 da: ALGOR Musobaqasi: Round #4 (Special Challenge) boşlanadi!

~/algor $ cat problems/lift-yoki-zinapoya

Lift yoki zinapoya

Oson 1000 ms 64 MB 17%
Ulaşiş

Odam binoning $1$-qavatidan $n$-qavatiga çiqmoqçi. Zinapoyada u bir qavatni $s$ soniyada ötadi. Liftni $w$ soniya kutiş kerak, keyin lift bir qavatni $v$ soniyada ötadi. Şunday qilib, zinapoyada $(n - 1) * s$, liftda $w + (n - 1) * v$ soniya ketadi. Qaysi yöl tezroq ekanini aniqlang.

Bino qavatlari: çap tomonda zinapoya, öng tomonda lift; ikkalasi bilan 1-qavatdan n-qavatga çiqiş

Kiruvçi ma'lumotlar

Bitta qatorda törtta butun son: $n$, $s$, $v$ va $w$.

Çiquvçi ma'lumotlar

Bitta söz: zinapoya tezroq bölsa zinapoya, lift tezroq bölsa lift, vaqtlar teng bölsa teng.

Izoh

$2 \le n \le 100$
$1 \le s, v \le 60$
$0 \le w \le 600$

Misollar

Kiriş #1
10 20 5 30
Çiqiş #1
lift
Kiriş #2
3 10 10 0
Çiqiş #2
teng

Yeçim yuboriş uçun tizimga kiring

Röyxatdan ötiş bepul va bir daqiqa oladi.