Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/if-raqamlardan-eng-kichik-son

If-29

Raqamlardan eng kichik son

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 40%

Uch xonali natural son $n$ berilgan. Uning uchala raqamini qayta joylashtirib hosil qilish mumkin bo'lgan eng kichik uch xonali sonni toping. Hosil bo'lgan son nol bilan boshlanmasligi kerak.

Sondagi raqamlarni qayta terib eng kichik uch xonali son hosil qilish chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta uch xonali natural son $n$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta uch xonali natural son — hosil qilingan eng kichik son.

Izoh

$100 \le n \le 999$

Misollar

Kirish #1
310
Chiqish #1
103
Kirish #2
352
Chiqish #2
235

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.