Asosiy qismga ötiş
Seşanba (24.11.2026) soat 20:00 da: ALGOR Musobaqasi: Round #4 (Special Challenge) boşlanadi!

~/algor $ cat problems/ikki-korsatkich-eng-yaqin-yigindi

Yiğindisi x ga eng yaqin juftlik

Örtaça 1000 ms 128 MB 45%
Ulaşiş

Kamaymaydigan tartibda saralangan $n$ ta butun son va butun son $x$ berilgan. Har xil örindagi ikkita element ($i \lt j$) tanlang: ularning yiğindisi $a_{i} + a_{j}$ ga $x$ dan iloji boriça yaqin bölsin. Şu yiğindini çiqaring. Bir xil yaqinlikdagi ikkita yiğindi bölsa, kiçigini çiqaring.

Saralangan massiv kataklari: yiğindisi berilgan songa eng yaqin bölgan ikki element va son öqida ularning yiğindisi ajratilgan çizma

Kiruvçi ma'lumotlar

Birinçi qatorda ikkita butun son: $n$ va $x$. Ikkinçi qatorda kamaymaydigan tartibdagi $n$ ta butun son $a_{i}$.

Çiquvçi ma'lumotlar

Bitta butun son — $x$ ga eng yaqin yiğindi.

Izoh

$2 \le n \le 2 * 10^{5}$
$-10^{9} \le a_{i} \le 10^{9}$
$-2 * 10^{9} \le x \le 2 * 10^{9}$

Misollar

Kiriş #1
5 10
1 3 4 7 12
Çiqiş #1
10
Kiriş #2
3 6
1 4 6
Çiqiş #2
5

Yeçim yuboriş uçun tizimga kiring

Röyxatdan ötiş bepul va bir daqiqa oladi.