Integer
Integer-38
Integer-39
Integer-40
~/algor $ cat problems/kalendar-qatori-va-ustuni
Kalendar qatori va ustuni
Örtaça
1000 ms
64 MB
37%
Oy kalendari jadval qilib yozilgan: har qatorda $7$ ta ustun, $1$-ustun — duşanba, …, $7$-ustun — yakşanba. Oyning $1$-sanasi haftaning $d$-kuniga töğri keladi va $1$-qatorning $d$-ustuniga yoziladi; keyingi sanalar şu qatorda davom etadi, qator tugasa keyingi qatorning $1$-ustunidan davom etadi. $k$-sana neçançi qator va neçançi ustunda turganini toping.
Kiruvçi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikkita natural son: $d$ va $k$.
Çiquvçi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikkita natural son: qator raqami va ustun raqami.
Izoh
$1 \le d \le 7$
$1 \le k \le 31$
Misollar
Kiriş #1
3 17
Çiqiş #1
3 5
Kiriş #2
7 1
Çiqiş #2
1 7