Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/integer-pastga-yaxlitlash

Integer-26

Pastga yaxlitlash

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 17%

Butun son $n$ berilgan. $n$ dan oshmaydigan va $100$ ga bo'linadigan eng katta sonni toping. Masalan, $1234$ dan $1200$ hosil bo'ladi.

Son o'qida berilgan son va undan oldingi eng yaqin yuzlik

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta butun son $n$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — pastga yaxlitlangan son.

Izoh

$0 \le n \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
1234
Chiqish #1
1200
Kirish #2
99
Chiqish #2
0

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.