Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/integer-teng-guruhlar

Integer-38

Teng guruhlar

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 40%

$n$ nafar o'quvchi $k$ ta guruhga bo'lindi: har bir guruhda kamida bitta o'quvchi bor va istalgan ikki guruhdagi o'quvchilar soni bir-biridan ko'pi bilan $1$ taga farq qiladi. Eng kichik va eng katta guruhda nechtadan o'quvchi borligini toping.

O'quvchilarning tengroq guruhlarga taqsimlanishi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita natural son: $n$ va $k$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita natural son: eng kichik guruhdagi o'quvchilar soni $p$ va eng katta guruhdagi o'quvchilar soni $q$.

Izoh

$1 \le k \le n \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
25 4
Chiqish #1
6 7
Kirish #2
24 4
Chiqish #2
6 6

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.