Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/integer-yarimlarni-almashtirish

Integer-24

Yarimlarni almashtirish

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 17%

To'rt xonali natural son $n$ berilgan. Uning birinchi ikki raqamidan iborat qismi bilan oxirgi ikki raqamidan iborat qismi o'rnini almashtirib hosil bo'lgan sonni toping: $1234$ dan $3412$ hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan sonning boshidagi nollar yozilmaydi: masalan, $1205$ dan $512$, $1200$ dan $12$ hosil bo'ladi.

To'rt xonali son ikki xonali qismlarga bo'linib o'rin almashadi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta to'rt xonali natural son $n$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — yarimlari almashtirilgan son.

Izoh

$1000 \le n \le 9999$

Misollar

Kirish #1
1234
Chiqish #1
3412
Kirish #2
1205
Chiqish #2
512

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.