~/algor $ cat problems/kombinatorika-aylana-boyash
Aylanani böyaş
Örtaça
1000 ms
128 MB
62%
Doira $n$ ta sektorga bölingan, sektorlar $1$ dan $n$ gaça raqamlangan va aylana böylab ketma-ket joylaşgan ($n$-sektor $1$-sektor bilan ham qöşni). Har bir sektor $k$ ta rangdan biriga böyaladi; qöşni sektorlar har xil rangda bölişi kerak. Neçta usul bor? Javobni $10^{9} + 7$ ga bölgandagi qoldiqni çiqaring.
Kiruvçi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikkita natural son: $n$ va $k$.
Çiquvçi ma'lumotlar
Bitta butun son — usullar soni $10^{9} + 7$ ga bölgandagi qoldiq.
Izoh
$2 \le n \le 10^{18}$
$1 \le k \le 10^{9}$
Misollar
Kiriş #1
4 3
Çiqiş #1
18
Kiriş #2
3 2
Çiqiş #2
0