Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/kvadratlar

Kvadratlar

I Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 3%
Mavzular: Integer

O'lchami A × B bo'lgan to'g'ri to'rtburchak ichiga tomoni C bo'lgan kvadratlar ustma-ust tushmaydigan qilib joylanmoqda (kvadrat tomonlari to'rtburchak tomonlariga parallel). Ko'pi bilan nechta kvadrat sig'adi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda uchta natural son: A, B va C.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — kvadratlar soni.

Izoh

1 ≤ A, B, C ≤ 10⁹

Misollar

Kirish #1
10 7 3
Chiqish #1
6
Kirish #2
6 6 2
Chiqish #2
9

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.