Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/massiv-oldingisidan-katta

Massiv-29

Oldingisidan katta elementlar

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 128 MB 30%

Natural son $n$ va $n$ ta butun sondan iborat massiv berilgan ($n \ge 2$). Massivda o'zidan oldingi qo'shnisidan qat'iy katta bo'lgan elementlar sonini va shu elementlarning o'zlarini kiritilish tartibida chiqaring.

Massivda oldingi qo'shnisidan katta bo'lgan elementlarni aniqlash chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda natural son $n$. Ikkinchi qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta butun son.

Chiquvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda bitta butun son — bunday elementlar soni $k$. $k \gt 0$ bo'lsa, ikkinchi qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan shu $k$ ta element (bunday element bo'lmasa, faqat $0$ chiqariladi).

Izoh

$2 \le n \le 1000$
$-10^{9} \le a_{i} \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
6
3 8 5 12 15 9
Chiqish #1
3
8 12 15
Kirish #2
4
5 4 3 2
Chiqish #2
0

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.