~/algor $ cat masalalar/massiv-ongga-siklik-surish
Massiv-32
Massivni 1 ta o'ngga siklik siljitish
Oson
1000 ms
128 MB
32%
Natural son $n$ va $n$ ta butun sondan iborat massiv berilgan. Massiv elementlarini $1$ ta o'ringa o'ngga siklik siljiting (oxirgi element birinchi o'ringa o'tadi) va natijaviy massivni chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda natural son $n$. Ikkinchi qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta butun son.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta butun son.
Izoh
$1 \le n \le 1000$
$-10^{9} \le a_{i} \le 10^{9}$
Misollar
Kirish #1
5 10 20 30 40 50
Chiqish #1
50 10 20 30 40
Kirish #2
3 1 2 3
Chiqish #2
3 1 2