Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/massiv-ortachadan-kattalar

Massiv-09

O'rtachadan katta elementlar

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 128 MB 23%

Natural son $n$ va $n$ ta butun sondan iborat massiv berilgan. Qiymati massivning o'rta arifmetigidan qat'iy katta bo'lgan elementlar sonini aniqlang.

Massiv o'rta arifmetigidan katta bo'lgan elementlar sonini sanash chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda natural son $n$. Ikkinchi qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta butun son.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — o'rta arifmetikdan katta elementlar soni.

Izoh

$1 \le n \le 10^{4}$
$-1000 \le a_{i} \le 1000$

Misollar

Kirish #1
5
1 2 3 4 10
Chiqish #1
1
Kirish #2
3
5 5 5
Chiqish #2
0

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.