Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/massiv-x-birinchi-orni

Massiv-20

x ning birinchi o'rni

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 128 MB 27%

Natural son $n$, $n$ ta butun sondan iborat massiv va butun son $x$ berilgan. $x$ soni massivda birinchi marta qaysi o'rinda uchrashini aniqlang (indekslar $1$ dan boshlanadi; massivda bo'lmasa, $-1$ chiqaring).

Massivda qidirilayotgan elementning birinchi o'rnini topish chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda natural son $n$. Ikkinchi qatorda $n$ ta butun son. Uchinchi qatorda $x$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — birinchi uchrash o'rni yoki $-1$.

Izoh

$1 \le n \le 10^{4}$
$-1000 \le a_{i}, x \le 1000$

Misollar

Kirish #1
6
4 7 1 7 2 7
7
Chiqish #1
2
Kirish #2
3
1 2 3
5
Chiqish #2
-1

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.