Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/matritsa-eng-katta-yigindili-qator

Matritsa-09

Eng katta yig'indili qator

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 128 MB 24%

O'lchamlari $n \times m$ bo'lgan butun sonli matritsa berilgan. Elementlari yig'indisi eng katta bo'lgan qatorning tartib raqamini (indekslar $1$ dan boshlanadi) va shu yig'indini toping. Bir nechta bo'lsa, eng yuqoridagisini oling.

Elementlari yig'indisi eng katta bo'lgan qatorni tanlash chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita natural son: $n$ va $m$. Keyingi $n$ ta qatorda $m$ tadan butun son.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan ikkita butun son: qator raqami va uning yig'indisi.

Izoh

$1 \le n, m \le 200$
$-1000 \le a_{i,j} \le 1000$

Misollar

Kirish #1
3 2
1 2
5 -1
0 4
Chiqish #1
2 4
Kirish #2
2 2
1 1
2 0
Chiqish #2
1 2

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.