Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/matritsa-orollar-soni

Matritsa-36

Orollar soni

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 60%

O'lchamlari $n \times m$ bo'lgan xarita berilgan: $1$ — quruqlik, $0$ — suv. Yuqori, pastki, chap yoki o'ng tomoni bilan tutashgan quruqlik kataklari bitta orolni tashkil qiladi (diagonal bo'yicha tutashish hisobga olinmaydi). Xaritadagi orollar sonini toping.

Suv bilan o'ralgan tutash quruqlik orollari chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita natural son: $n$ va $m$. Keyingi $n$ ta qatorda $m$ tadan son ($0$ yoki $1$).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — orollar soni.

Izoh

$1 \le n, m \le 200$
$a_{i,j} \in \{0, 1\}$

Misollar

Kirish #1
4 5
1 1 0 0 1
1 0 0 1 1
0 0 1 0 0
1 0 1 0 1
Chiqish #1
5
Kirish #2
2 2
1 0
0 1
Chiqish #2
2

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.