Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/matritsa-sehrli-kvadrat

Matritsa-31

Sehrli kvadrat

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 51%

O'lchamlari $n \times n$ bo'lgan kvadrat butun sonli matritsa berilgan. Agar har bir qator, har bir ustun hamda ikkala diagonal elementlari yig'indilari bir-biriga teng bo'lsa (sehrli kvadrat), YES, aks holda NO chiqaring.

Qator ustun va diagonallar yig'indisi teng bo'lgan sehrli kvadrat chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita bir xil natural son: $n$ va $n$. Keyingi $n$ ta qatorda $n$ tadan butun son.

Chiquvchi ma'lumotlar

YES yoki NO.

Izoh

$1 \le n \le 30$
$1 \le a_{i,j} \le 10^{4}$

Misollar

Kirish #1
3 3
2 7 6
9 5 1
4 3 8
Chiqish #1
YES
Kirish #2
3 3
1 2 3
4 5 6
7 8 9
Chiqish #2
NO

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.