Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/matritsa-yordamchi-diagonal-yigindisi

Matritsa-16

Yordamchi diagonal yig'indisi

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 128 MB 28%

O'lchamlari $n \times n$ bo'lgan kvadrat matritsa berilgan. Matritsaning yordamchi diagonali elementlari yig'indisini hisoblang:

$$S = \sum_{i=1}^{n} a_{i, n - i + 1}$$

Kvadrat matritsaning yordamchi diagonali elementlari yig'indisi chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita bir xil natural son: $n$ va $n$. Keyingi $n$ ta qatorda $n$ tadan butun son.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — yordamchi diagonal elementlari yig'indisi.

Izoh

$1 \le n \le 200$
$-1000 \le a_{i,j} \le 1000$

Misollar

Kirish #1
3 3
1 2 3
4 5 6
7 8 9
Chiqish #1
15
Kirish #2
2 2
1 2
3 4
Chiqish #2
5

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.