Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/minmax-39-max-va-min-eng-yaqin-masofa

Minmax-38

Max va min orasidagi eng qisqa masofa

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 60%

Natural son $N$ va $N$ ta butun son berilgan. $A_{i}$ eng katta qiymatga, $A_{j}$ eng kichik qiymatga teng bo'lgan barcha $i$ va $j$ juftliklari orasida $|i - j|$ ning eng kichik qiymatini toping. Barcha elementlar teng bo'lsa, javob $0$.

Eng katta va eng kichik qiymatga teng elementlarning eng yaqin juftligi chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda natural son $N$. Keyingi qatorda $N$ ta butun son $A_{i}$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son.

Izoh

$1 \le N \le 10^{5}$
$-10^{9} \le A_{i} \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
8
9 2 5 9 7 1 4 9
Chiqish #1
2
Kirish #2
3
6 6 6
Chiqish #2
0

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.