Asosiy qismga ötiş
Seşanba (24.11.2026) soat 20:00 da: ALGOR Musobaqasi: Round #4 (Special Challenge) boşlanadi!

~/algor $ cat problems/qidiruv-jadvaldagi-k-son

Köpaytiriş jadvalida k-çi son

Örtaça 1000 ms 128 MB 64%
Ulaşiş

$n$ qator va $m$ ustunli köpaytiriş jadvalida $i$-qator va $j$-ustun kesişgan katakda $i \cdot j$ soni yozilgan. Jadvaldagi barça $n \cdot m$ ta son kamaymaslik tartibida yozib çiqilsa, $k$-örinda qaysi son turadi?

3 ga 3 köpaytiriş jadvali: berilgan sondan kiçik yoki teng kataklar har qatorda sanalgan

Kiruvçi ma'lumotlar

Bitta qatorda uçta natural son: $n$, $m$ va $k$.

Çiquvçi ma'lumotlar

Bitta natural son.

Izoh

$1 \le n, m \le 3 \cdot 10^{4}$
$1 \le k \le n \cdot m$

Misollar

Kiriş #1
3 3 5
Çiqiş #1
3
Kiriş #2
2 3 6
Çiqiş #2
6

Yeçim yuboriş uçun tizimga kiring

Röyxatdan ötiş bepul va bir daqiqa oladi.