Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/qidiruv-sonni-topish

Qidiruv-01

Saralangan massivda qidirish

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 128 MB 26%

Kamaymaydigan tartibda saralangan $n$ ta butun son $a_{1} \le a_{2} \le \dots \le a_{n}$ va $q$ ta so'rov berilgan. Har bir so'rovda butun son $x$ beriladi: $x$ massivda bormi?

Saralangan massiv kataklari va qidirilayotgan son topilgan katak ajratilgan chizma

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita natural son: $n$ va $q$. Ikkinchi qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta butun son $a_{i}$. Keyingi $q$ ta qatorning har birida bitta butun son $x$.

Chiquvchi ma'lumotlar

$q$ ta qator: har bir so'rov uchun YES ($x$ massivda bor) yoki NO (yo'q).

Izoh

$1 \le n, q \le 10^{5}$
$-10^{9} \le a_{i}, x \le 10^{9}$
$a_{1} \le a_{2} \le \dots \le a_{n}$

Misollar

Kirish #1
5 3
1 3 5 7 9
3
4
9
Chiqish #1
YES
NO
YES
Kirish #2
1 2
10
10
-10
Chiqish #2
YES
NO

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.